Argentinada oʻrmon yongʻinlari tufayli 250dan ortiq uy yonib ketdi
Argentinada oʻrmon yongʻinlari natijasida 7 kishi jiddiy jarohat oldi, 15 kishi bedarak yoʻqoldi, 200 ga yaqin kishi evakuatsiya qilindi.
Xabar berilishicha, bir nechta qishloq yonib ketgan. Olov 250 dan ortiq uyga zarar yetkazgan.
Yongʻinni oʻchirishda 2 ta vertolyot, 3 ta samolyot va 12 ta oʻt oʻchirish mashinasi ishtirok etmoqda.
Mamlakat 2020-yil boshidan beri oʻrmon yongʻinlaridan aziyat chekmoqda. Ushbu tabiiy ofat hududda misli koʻrilmagan qurgʻoqchilik keltirib chiqardi. Mamlakat markazida joylashgan Kordoba viloyati eng koʻp zarar koʻrdi: 330 ming gektardan ziyod maydon yonib ketdi. Butun mamlakat boʻylab million gektardan ortiq maydon zarar koʻrgan.
Rasmiylarning fikricha, baʼzi yongʻinlar qasddan oʻt qoʻyish oqibatida xosil boʻlgan. Hozirda ushbu masala yuzasidan politsiya tergov olib bormoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring