AQSHning keyingi prezidenti kim boʻladi: Tramp yoki Bayden?

19:29 20 Iyun 2024 Dunyo
488 0

Soʻnggi soʻrovnoma natijalarga koʻra, 301 ovoz bilan respublikachilardan nomzod Donald Tramp AQSHning keyingi prezidenti boʻladi. “The Economist” jurnali oʻtkazgan tadqiqot amerikaliklarning kimni koʻproq prezident sifatida koʻrayotganini bilishga qaratilgan.

Sobiq prezident garchi hozirdagi taxminlarga koʻra yutib turgan boʻlsada, bu uning joriy soʻrovnoma tashkil etilgandan beri eng yomon koʻrsatgichidir.

AQSHdagi saylov tizimida har bir shtatga aholi soniga qarab maʼlum miqdordagi ovozlar soni beriladi. Boʻlajak prezident eng kamida 270 ta ovozini toʻplashi kerak. Aytib oʻtish kerakki, ushbu soʻrovnomalar real saylovdagi gʻalabani bermaydi, ammo bu aholining umumiy kayfiyatini aks ettira oladi.

Boshqa soʻrovlar ham prezidentlikka poyga keskinlashganini koʻrsatmoqda. 10-12-iyun kunlari oʻtkazilgan “Echelon Insights” soʻroviga koʻra, Bayden 48 foiz, Tramp esa 47 foiz ovoz olgan. Xuddi shunday, “FiveThirtyEight” prognoziga asosan Tramp gʻalaba qozonmoqda.

Zamonaviy Amerika tarixi professori Kristofer Felps saylov yaqinlashgani sayin farq qisqarib borayotganiga eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlamoqda. “Ommaviy axborot vositalari faqat ovoz berish raqamlariga emas, balki nomzodlar oʻrtasidagi siyosiy tafovutlarga koʻproq eʼtibor qaratishlari kerak”, deydi u.

Bayden va Tramp oʻrtasida rejalashtirilgan ikkita debatning birinchisi 27-iyun kuni Atlantada boʻlib oʻtadi. Bu bahslar saylovchilar fikrini shakllantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega va saylov natijalariga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin. Umumiy saylovlar joriy yil 5-noyabrga belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер