AQSHning yirik flotiliyasi Eron tomon yoʻl oldi – BILD
AQSHning yirik flotiliyasi Eron tomon yoʻl oldi. Bu haqida BILD nashri maʼlum qildi.
AQSH prezidenti Donald Tramp Shveysariyada boʻlib oʻtgan Jahon iqtisodiy forumidan qaytayotganda “Air Force One” bortidagi jurnalistlar bilan suhbatlashib, Vashington Tehrondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini maʼlum qilgan.
“Bizda juda koʻp kemalar bor. Ulkan flotimiz ham mavjud. Uni umuman ishlatmasligimiz ham mumkin. Nima boʻlishini vaqt koʻrsatadi”, — degan Tramp.
Tahlilchilarning fikricha, Qoʻshma Shtatlar rahbarining bu soʻzlari Amerikaning boshqa rasmiylari tomonidan avvalroq ilgari surilgan masalalarga mos kelmoqda. Jumladan, aviatashuvchilar, zarba berish guruhi va boshqa harbiy boʻlinmalar haqiqatan ham Eron tomon yoʻlga tushgan boʻlishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring