AQSHdagi vatandoshlar uchun notarial xizmatlar boʻyicha ochiq muloqot tashkil etildi
Oʻzbekiston Notarial palatasi raisi Dilshod Ashurov boshchiligidagi delegatsiyaning AQSHga tashrifi doirasida joriy yilning 23-24-fevral kunlari Nyu-York shahri hamda Filadelfiya shtatida vatandoshlar bilan ochiq muloqotlar boʻlib oʻtdi.
Tadbir Oʻzbekistonning Nyu-York shtatidagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Uchrashuvda notariat tizimiga joriy qilingan notarial harakatlarni amalga oshirish, ishonchnomalarni rasmiylashtirish, meros va mulkka oid hujjatlar masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, vatandoshlarimizga xorijda turib onlayn notarial xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari haqida maʼlumot taqdim etildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring