AQSHdagi maktabda otishma yuz berdi. Qurbonlar bor.
Ilyustrativ foto
AQSHning Ayova shtatidagi maktablardan birida yuz bergan otishmada bir kishi halok boʻldi, 2 kishi tan jarohati oldi.
Bu haqda “ABC News” xabar bermoqda.
“Perri shahridagi kattalar maktabida yuz bergan otishmada kamida bir kishi halok boʻldi, ikki kishi yaralangan boʻlishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Manbaga koʻra, voqea yangi semestrning birinchi oʻquv kunida sodir boʻlgan. Ushbu maktabda 1,7 mingga yaqin oʻquvchi tahsil oladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring