AQSHdagi kasalxonaning 150 nafar xodimi vaksina olishdan bosh tortgani uchun ishdan boʻshatildi
AQSHning Texas shtati Xyuston shahridagi kasalxonalardan birining 150 nafar xodimi koronavirusga qarshi vaksina olishni rad etganligi uchun ishdan boʻshatildi.
Ular bu qarorlarini bemorlarning manfaatlarini hamma narsadan ustun qoʻyishni istamasliklari bilan izohlamoqda. Shuningdek, bir guruh shifokorlar muassasa rahbariyatini oʻz huquqlarini buzganlikda ayblab, sudga murojaat qilishgan. Ammo federal sud arizani rad etgan.
Ishdan boʻshatilganlar endi kasalxonaga qarshi namoyishlar uyushtirmoqchi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring