AQSHda Ukrainadagi mojaroda kim gʻolib boʻlishi aytildi

00:25 07 Sentyabr 2023 Dunyo
889 0

Foto: Reuters

Isteʼfodagi amerikalik harbiy ofitser Deniel Devis “19fortyfive”da eʼlon qilgan maqolasida Ukrainadagi mojaroda kim gʻolib boʻlishini aytib oʻtdi.

Unga koʻra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning kurashni davom ettirish istagi Rossiyaga gʻalaba keltiradi.

“...Bu mojaro qancha uzoq davom etsa, Rossiyaning gʻalaba qozonish imkoniyati shunchalik koʻp boʻladi”, deydi sobiq zobit.

Devis, Rossiya tomonining resurs va demografik ustunligi tufayli yutqazmasligiga diqqat qaratmoqda. U, shuningdek, Rossiyaning harbiy-sanoat salohiyati yuqori darajada ekanligini va oʻsishda davom etayotganini eslatib oʻtdi.

Uning xulosasiga koʻra, keyingi janglarda oʻn minglab askarlar halok boʻladi va Ukraina infratuzilmasi yoʻq qilinadi. Shuning uchun Gʻarb mojaroni muzokaralar yoʻli bilan tugatishdan manfaatdor boʻlishi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер