AQSHda samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok boʻldi
Los-Anjeles aeroporti yaqinidagi avtoturargohda bitta dvigatelli Navion samolyoti qulab tushdi va ikki kishi halok boʻldi.
Hodisa mahalliy vaqt bilan juma kuni tushdan keyin sodir boʻldi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Van Nuys aeroportidan uchib ketgan samolyot Santa-Barbara okrugiga yoʻl olgan. Halokatdan keyin samolyot yonib ketdi, ikki kishi shu yerda vafot etdi.
Hozirda voqeani tekshirishda Federal aviatsiya maʼmuriyati (FAA) va AQSH transport xavfsizligi milliy kengashi (NTSB) vakillari ishtirok etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring