AQSHda koronavirusga chalinishdan dahshatli rekord qayd etildi
Oʻtgan bir sutkada AQSHda 52 000 kishida koronavirus aniqlandi. Bu rekord koʻrsatkich hisoblanadi.
Dunyo boʻyicha koronavirus tarqalishini oʻz manbalariga tayangan holda hisob-kitob qilib borayotgan Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, AQSHda jami 2 780 152 ta COVID-19 holati qayd etilgan boʻlib, ulardan 130 798 nafari vafot etdi. 15 898 kishining ahvoli ogʻir.
1 164 794 kishi koronavirusdan tuzalgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring