AQShda koronavirus qurbonlari 10 mingdan oshdi
arxiv foto
AQShda koronavirus tufayli vafot etganlar soni 10 mingdan oshdi.Bu ma'lumotni Jons Xopkins universiteti federal va mahalliy hokimiyat ma'lumotlari asosida hisob-kitoblarni amalga oshirgan holda taqdim etdi.
Universitet ma'lumotlariga ko'ra, AQShda 347 003 kishiga koronavirus tashxisi qo'yilgan, 10 335 kishi vafot etgan, 18 953 kishi sog’ayib ketgan.
Hozirgi kunda AQSh koronavirus aniqlanganlar soni bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi.
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra, dunyoda 1,3 millionga yaqin odam koronavirus bilan kasallangan va 70 mingga yaqin o'lim holati qayd etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring