AQSHda xavfli moddalar olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib ketdi
Foto: AP
AQSHning Arizona shtatida xavfli moddalar olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib ketdi. Bu haqda “The New York Times” yozmoqda.
Qayd etilishicha, hodisa AQSHning Arizona shtati, Topok shahri yaqinida sodir boʻlgan. Hodisa sabablari haqida maʼlumot berilmagan.
Shu yilning fevral oyida AQSHning Nebraska shtatida 31 vagondan iborat koʻmir olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib ketgan edi. Yoʻl transport hodisasida hech kim jabrlanmagani xabar qilingan.
Oldinroq, Ogayo shtatining ikki ming aholisi xavfli yuklar boʻlgan poyezd halokatga uchrashi oqibatida yongʻin yuzaga kelgani sababli evakuatsiya qilingan edi. Yongʻin yuk poyezdining 50 ga yaqin vagonining relsdan chiqib ketishi natijasida kelib chiqqan. Ulardan 14 ta vagonda vinilxlorid (portlovchi va yonganda zaharli moddalar chiqaradigan etilen hosilasi) moddasi boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring