AQSHda ikkita samolyot toʻqnashib ketdi. Qurbonlar bor
Foto: AP
AQSHning Dallas shahrida oʻtkazilgan aviashouda ikki samolyotning toʻqnashib ketishi oqibatida olti kishi hayotdan koʻz yumdi. Bu haqda Dallas okrugi sudyasi Kley Jenkins maʼlum qildi.
«Dallas okrugi tibbiy ekspertizasiga koʻra, kechagi shouda olti kishi vafot etgan. Bugun rasmiylar hodisa sabablarini oʻrganish va halok boʻlganlarning shaxsini aniqlash ustida ishlashda davom etadi», — deydi Dallas okrugi vakili.
Shu bilan birga, sudya umumiy hisobda qancha jabrlanuvchi haqida gapirish mumkinligiga aniqlik kiritmadi.
12-noyabr kuni AQSHdagi aviashouda ikki samolyot toʻqnashib ketdi. Maʼlum qilinishicha, Ikkinchi Jahon urushi davridagi “Boeng B-17” retro bombardimonchi samolyoti havoda “Bell P-63 Kingcobra” bilan toʻqnashib, yaqin atrofdagi avtomobil yoʻliga qulab ketgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring