AQSHda 72 yoshli qariyaning koronavirusdan tuzalishi uchun 1.1 million dollar sarflandi

23:02 18 Iyun 2020 Dunyo
1520 0

Amerikalik 72 yoshli Maykl Flor koronavirus sababli deyarli hayotdan bilan xayrlashgandi. Ammo Flor “COVID-19”ni yengib oʻtishga muvaffaq boʻldi va uning qoʻliga kasalxona xarajatlari yozilgan juda qoʻrqinchli toʻlov qogʻozini tutqazdi.

Koronavirusga chalingan Maykl Flor 4-mart kuni kasalxonaga yotqizildi va bu yerda 62 kun davolandi. Bu vaqt davomida u oʻlimga shu qadar yaqin keldiki, bir safar hamshiralar uning xotini va bolalariga telefon qilib Flor bilan vidolashib olishlarini soʻrashgan.

Lekin Flor tuzaldi va 5-may kuni hamshiralar qarsaklari ostida kasalxonadan chiqdi. Uning qoʻliga 181 ta varaqdan iborat 1 122 501.04 dollar miqdordagi toʻlov qogʻozi kelib tushdi. Ushbu toʻlov varaqasida hisob-kitob qilingan xarajatlar orasida quyidagilar ham yozilgan edi:

Reanimatsiya boʻlimida yotgan har bir kun uchun narx 9736 dollardan boʻlib, Flor bu boʻlimda 42 kun davolangan va bu umumiy hisobda 409 000 dollarga tushgan. 82 000 dollar sunʼiy nafas beruvchi ventilyatorlardan 29 kun mobaynida foydalangani uchun, shuningdek, uning oʻlim xavf yuqori boʻlgan ikki kun uchun yana 100 000 dollar miqdorda pul toʻlashi kerakligi yozilgan.

“Times”ning yozishicha, Florning kasalxona xarajatlarini AQSHning keksalar uchun tuzilgan ”Medicare” sugʻurta tashkiloti toʻlab berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер