AQSHda 30-yil avval muzlatib qoʻyilgan embriondan chaqaloq dunyoga keldi

10:42 31 Iyul 2025 Dunyo
415 0

Illyustrativ foto

AQSHda 30-yil avval muzlatib qoʻyilgan embriondan chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda “MIT Technology Review” nashri xabar bermoqda.

Manbada aytilishicha, Taddeus Daniyel Pirs ismli chaqaloq shu yilning 26-iyul kuni tugʻilgan. Hozirda uning biologik ota-onasidan 30 yoshli singlisi bor.

Yangi tugʻilgan chaqaloq “eng katta bola” deb nomlandi. 1994 oʻz embrionini klinikaga topshirgan 62 yoshli Linda Archerdning soʻzlariga koʻra, u oʻz-oʻzidan tugʻa olmagani uchun oʻsha paytdagi yangi EKO texnologiyasidan foydalangan. Shifokorlar uning tuxumidan toʻrtta embrion olishga muvaffaq boʻlishadi. Ammo eri faqat bitta bolaga rozi boʻladi. Ayni shu sabab ayol eri bilan ajrashgan.

Linda boshqa farzand koʻrish umidini yoʻqotmagani uchun embrionlarni saqlab qolishga qaror qiladi. Uning organizmi endi farzand koʻra olmay qolganda, u embrionlarni boshqa juftliklarga berishga qaror qildi. Linda ularni saqlash uchun yiliga ming dollarga yaqin pul toʻlab kelgan.

Ayol sarflagan sarmoyasi bekorga ketmagani xursandligini aytgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер