AQSH Ukrainaga yordamni qisqartirishini maʼlum qildi
Foto: Reuters
AQSH G7 davlatlari moliya vazirlari yigʻilishida Ukrainaga moliyaviy yordamni qisqartirishini eʼlon qilgan. Bu haqda “Politico” nashri oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.
Yuqori martabali Yevropa manbasining soʻzlariga koʻra, yigʻilish davomida AQSH delegatsiyasi Jo Bayden maʼmuriyati tomonidan 2024-yilda kelishilgan G7 kreditining soʻnggi transhlari toʻlangandan soʻng Vashington Ukrainaga yordamni kamaytirishini maʼlum qilgan.
Bungacha AQSH prezidenti Donald Tramp Qoʻshma Shtatlar endi Ukrainaga yordam uchun pul sarflamayotganini bir necha bor taʼkidlagan edi. Shuningdek, u avvalgi Bayden maʼmuriyati Ukrainaga 350 milliard dollar oʻtkazganini aytib oʻtgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring