AQSH uch kun ichida Ukraina boʻyicha rejasini oshkor qiladi
Foto: AP
AQSH prezidenti Donald Tramp uch kun ichida Ukraina boʻyicha oʻzining tinchlik rejasini eʼlon qiladi. Unga koʻra, Yevropa tinchlikparvar kuchlari ushbu mamlakatga joylashtirilishi va ularga Vashington tomonidan moliyaviy koʻmak koʻrsatilishi mumkin. Bu haqda “The New York Post” gazetasi oʻz manbalarga tayanib yozmoqda.
“Prezident Tramp dushanba kuni Ukrainadagi urush boʻyicha oʻzining taklif qilgan tinchlik rejasi mazmunini shu haftada eʼlon qilishini aytdi, jumladan, taklif qilingan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvini amalga oshirish uchun Yevropa qoʻshinlarini janglar boʻlayotgan davlatga joylashtirishni oʻz ichiga olishi mumkin”, — deyiladi nashr xabarida.
Shu bilan birga, gazeta manbalari xabar qilishicha, AQSH tinchlikparvar kontingentda ham ishtirok etishi mumkin, ammo u yerdagi harbiy kuch sifatida emas, balki uchinchi tomon bilan birgalikda moliyaviy kuch sifatida.
“Keyingi uch kun ichida sizga barcha tafsilotlarni aytib beraman”, — degan Tramp.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring