AQSH Oʻzbekiston DXX Chegara qoʻshinlariga 225 dona maxsus uskuna sovgʻa qildi

20:28 17 Yanvar 2023 Siyosat
1163 0

17-noyabr kuni AQSH elchisi Jonatan Henik Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga 225 dona “FLIR” termal monokulyar uskunalarini topshirdi.

Ushbu kuzatuv uskunalari yorugʻlik past boʻlgan va noqulay ob-havo sharoitida chegarani noqonuniy kesib oʻtishni aniqlash qobiliyatini oshiradi.

“Bu loyiha orqali AQSH xavfsiz va suveren Oʻzbekistonga boʻlgan sadoqatini yana bir bor namoyish etdi”, — deyiladi Qoʻshma Shtatlarning mamlakatimizdagi elchixonasi xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер