AQSH olimlari bir soniyada koronavirusni yoʻq qilish usulini topishdi
Texas A&M universiteti olimlari SARS-CoV-2 koronavirusini yuqori harorat yordamida bir soniyada yoʻq qiluvchi eksperimental tizimni ishlab chiqishdi. Bu haqda Phys.org xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mutaxassislar tomonidan zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan quvur naychasidan iborat tajriba qurilmasi yaratildi. U orqali tarkibida koronavirus boʻlgan eritma oʻtkaziladi. Buning uchun quvur yuqori darajada qizdiriladi, ammo virus harorat taʼsirini bir necha soniya “his” qiladi, xolos.
Natijada kovidni ilgaridagiga nisbatan ancha qisqa vaqt ichida zararsizlantirish mumkinligi aniqlandi.
“Agar eritma Selsiy boʻyicha 72 darajagacha taxminan yarim soniya davomida qizdirilsa, u holda virusning titri yuz ming marta kamayadi, bu virusni zararsizlantirish va odamlarga yuqishini oldini olish uchun yetarli. Mazkur usulni mavjud havo almashtirish, shamollatish, isitish tizimlarida qoʻllash mumkin” — deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring