AQSH mudofaa vaziri hamon kasalxonada qolmoqda. Uning chiqish sanasi hozircha nomaʼlum

00:32 14 Yanvar 2024 Dunyo
582 0

Foto: AP

Prostata saratoni tashxisi qoʻyilgan AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin kasalxonada qolmoqda, uning chiqish sanasi hozircha maʼlum.

Bu haqda AQSH mudofaa vazirligi matbuot kotibi Patrik Rayder aytib oʻtdi.

“Vazir Uolter Rid nomidagi Milliy harbiy tibbiyot markazida qolmoqda. Uning ahvoli yaxshi baholanmoqda. Vazir Pentagonning yuqori martabali rahbarlari bilan aloqada boʻlib turibdi. U xavfsiz aloqalardan toʻliq foydalanish imkoniyatiga ega va vazirlikning butun dunyo boʻylab kundalik faoliyatini kuzatishda davom etmoqda”, — deydi Rayder bayonotida.

Rasmiyning taʼkidlashicha, Pentagonda Ostinning kasalxonadan chiqishi mumkin boʻlgan vaqti haqida hali maʼlumot yoʻq.

“Hozirda bizda vazir Ostinning aniq chiqish sanasi yoʻq, ammo biz bu masala boʻyicha har kuni jamoatchilikni xabardor qilib turishda davom etamiz”, — deydi Rayder.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер