AQSH ISHID yetakchisini yoʻq qilganini maʼlum qildi
Illyustrativ foto
Shu yilning 3-aprel kuni AQSH harbiylari tomonidan Suriyada oʻtkazilgan harbiy amaliyot davomida “Iroq va Shom islom davlati” (ISHID) terrorchilik guruhining yuqori martabali rahbarlaridan biri yoʻq qilingan. Bu haqda Amerika Qoʻshma Shtatlari Markaziy qoʻmondonligi bayonotida maʼlum qilindi.
Bayonotda aytilishicha, harbiy amaliyot chogʻida ISHIDning Yevropada hujumlarni rejalashtirishga masʼul boʻlgan va guruhning yetakchi tuzilmasini ishlab chiqqan Xolid Oyad Ahmad al-Jaburiy oʻldirilgan.
Avvalroq, “Tolibon” harakati xavfsizlik kuchlari ISHIDning kamida olti nafar jangarisini yoʻq qilgani maʼlum qilingandi. Operatsiya Afgʻonistonning Balx viloyatining Naxri-Shahiy viloyatida oʻtkazilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring