AQSH harbiy-havo kuchlarining Yaponiyadagi bazasida portlash sodir boʻldi

10:37 09 Iyun 2025 Dunyo
311 0

Arxiv foto

Yaponiyaning Kadena shahridagi AQSH harbiy-havo kuchlari bazasida portlash yuz berdi. Fojia oqibatida kamida toʻrt kishi jarohat oldi, hodisa yongʻin tarqalishi yoki keyingi portlashlar xavfini tugʻdirmagan. Bu haqda “Kiodo” axborot agentligi mamlakat mudofaa vazirligiga tayanib xabar tarqatdi.

Dushanba kuni ertalab Yaponiya ommaviy axborot vositalari AQSH bazasi hududidagi Yaponiya oʻzini-oʻzi mudofaa kuchlari tomonidan boshqariladigan obyektda portlash sodir boʻlgani haqida xabarlar tarqatdi. Voqea oʻq-dorilarni vaqtincha saqlash omborida sodir boʻlgani aytilmoqda.

Agentlikning aniqlik kiritishicha, portlash Yaponiya oʻzini-oʻzi mudofaa kuchlari tomonidan portlamay qolgan oʻq-dorilarni yoʻq qilishga tayyorgarlik koʻrayotgan vaqtda sodir boʻlgan. Jarohatlanganlarning toʻrt nafari ham Yaponiya quruqlikdagi oʻzini-oʻzi mudofaa kuchlari Naxa garnizoni harbiy xizmatchilari ekani maʼlum qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер