AQSH HAMASga qurollarning bir qismini saqlab qolishga vaqtincha ruxsat berishi mumkin
AQSH HAMAS harakatiga maʼlum muddatga ayrim oʻqotar qurollarni saqlab qolishga ruxsat berishi mumkin. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Nashr manbalariga koʻra, Vashington HAMASdan Isroilga zarba berish imkonini beruvchi barcha qurollarni topshirishni talab qiladi. Biroq ayrim yengil oʻqotar qurollarni vaqtincha saqlab qolishga ruxsat berilishi mumkin.
Yaqin haftalarda muzokarachilar guruhi HAMASga tegishli taklifni taqdim etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, hujjatning barcha bandlari hali toʻliq tasdiqlanmagani va oʻzgarishi mumkinligi qayd etilgan.
Avvalroq Amerika tomoni Gʻazo boʻyicha tinchlik rejasining ikkinchi bosqichi amalga oshirilayotganini maʼlum qilgan edi. Ushbu bosqich Falastin radikal guruhlarini qurolsizlantirish, Isroil qoʻshinlarini anklavdan olib chiqish, xalqaro barqarorlashtiruvchi kuchlarni joylashtirish hamda sektorni boshqarish tuzilmalarini ishga tushirishni nazarda tutadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring