AQSH Eronga berilgan zarbalar davomida yillarga moʻljallangan oʻq-dori zaxiralarini sarflab boʻldi
AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati Erondagi harbiy operatsiya boshlanganidan buyon yillarga moʻljallangan oʻta muhim oʻq-dori zaxiralarini sarflab yubordi. Bu haqda “Financial Times” xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, operatsiyaning dastlabki 100 soati ichida AQSH 168 ta “Tomahawk” raketasini qoʻllagan.
“Bu juda katta koʻrsatkich. Ularning oʻrnini toʻldirish uchun yillar kerak boʻladi”, — dedi nashr suhbatdoshi.
Pentagon yaqin kunlarda Oq uy va Kongressga 50 milliard dollar miqdorida qoʻshimcha harbiy moliyalashtirish boʻyicha rasmiy soʻrov yuborishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring