AQSH 2023-yilda mudofaa xarajatlarini qariyb 10 foizga oshiradi
Foto: Reuters
AQSH mudofaa xarajatlari 2023-yilda 798 milliard dollarga oshiriladi.
2023-yilda AQSH mudofaa xarajatlari taxminan 798 milliard dollargacha oshadi. Eʼlon qilingan hujjatga koʻra, mudofaa xarajatlari hajmi 2022-yilga nisbatan 69 milliard dollarga, qariyb 10 foizga oshadi.
Avvalroq, Oq uy AQSH prezidenti Jo Bayden 2023-yil uchun 850 milliard dollarlik mudofaa byudjetini shu hafta imzolashini maʼlum qilgandi. Taxminlarga koʻra, 2023-yilda Tayvanga harbiy yordam sifatida oʻn milliard, Ukrainaga 800 million oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shu yilning 16-dekabr kuni AQSH Senati mamlakatning 858 milliard dollarlik mudofaa byudjetini tasdiqlagan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring