“Aqllar jangi”da yosh bilimdonlar bahslashdi
Foto: Халқ сўзи
Fargʻona shahrida mental arifmetika boʻyicha viloyatlararo musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda Buxoro, Andijon, Namangan hamda Fargʻona viloyatlaridan 300 nafarga yaqin 5 yoshdan 13 yoshgacha boʻlgan bolalar ishtirok etdi.
Musobaqa qatnashchilari yoshiga qarab saralandi va 4 ta yoʻnalishda gʻoliblik uchun bahslashdilar. “Aqllar jangi”da koʻngilochar dastur hamda sheʼrxonlik ham tashkil etilib, unda faol ishtirok etgan 100 nafar oʻquvchi-yoshlarga kitoblar sovgʻa qilindi.
Fargʻona shahar 2 sektori – shahar prokuraturasi tashabbusi bilan oʻtkazilgan musobaqa yakunida 12 nafar gʻolibga esdalik sovgʻalari berildi. Shuningdek, barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring