“Apple” kapitallashuvi 2 trln dollardan oshgan AQSHdagi birinchi kompaniyaga aylandi

14:31 21 Avgust 2020 Dunyo
755 0

AQSHning “Apple” kompaniyasining kapitallashuvi 2 trln dollarlik koʻrsatkichdan oshgan.

«Interfaks» yozishicha, natijada kompaniya mamlakatdagi bunday natijaga erishgan birinchi ommaviy kompaniyaga aylangan. Shuningdek, yil boshidan buyon “Apple” aksiyalari 60 foizga qimmatlashgan. Yaʼni, fevral-mart oylarida koronavirus pandemiyasi tufayli qimmatli qogʻozlar narxi keskin pasayib ketgan boʻlishiga qaramay, oʻsishda davom etgan va qiymati ikki baravar oshgan.

Masalan, 19-avgust, chorshanba kuni boʻlib oʻtgan savdo jarayonida “iPhone” ishlab chiqaruvchisining aksiyasi 468,09 dollardan sotilgan. Ikki yil oldin “Apple” kapitallashuvi trillion dollardan oshgan AQSHdagi birinchi kompaniya boʻlgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер