Apelsin importi 1,4 ming tonnaga oshgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga xorijdan qiymati 2,1 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 3,3 ming tonna apelsin import qilingan.
Apelsin importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston eng koʻp apelsin import qilgan davlatlar:
— Eron – 1,4 ming tonna
— Turkiya – 1,1 ming tonna
— Misr – 684,4 tonna
— Qozogʻiston – 82 tonna
— JAR – 56 tonna
— Rossiya – 7,6 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring