Anomal sovuqda allergik kasalliklar koʻproq ayollar va bolalarda kuzatiladi — Ilmira Razikova

12:42 11 Yanvar 2023 Jamiyat
669 0

Foto: Illustrativ surat

Shu kunlarda yurtimizda anomal sovuq kuzatilmoqda. Bunday harorat baʼzi insonlarda allergik reaksiyalarni hosil qilishi mumkin.

Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikova shu haqdagi tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi.

— Sovuq oqibatida paydo boʻladigan allergiya tananing past harorat taʼsiriga haddan tashqari sezgirligini anglatadi, — deydi professor. — U koʻproq ayollar va bolalarda kuzatiladi.

Ushbu kasallik, avvalo, immunitet tizimining zaifligi alomati. Bunday insonlar sovuq bilan yuzlashganda, organizm noyob patologik oqsil — krioglobulin ishlab chiqara boshlaydi.

U immunitet hujayralari tomonidan yot unsur sifatida qabul qilinib, hujumga uchraydi. Bu jarayonda faol ishlab chiqariladigan gistamin moddasi esa allergik reaksiyaga sabab boʻladi.

Xastalik turli koʻrinish va shakllarda namoyon boʻlishi mumkin: eshakemi, rinit, konyunktivit, dermatit, astma. Hatto ogʻir holatlarda baʼzi bemorlarda Kvinke shishi ham hosil boʻlishi mumkin. Ular orasida eng keng tarqalgani eshakemi boʻlib, tanada pufakchalar paydo boʻlishi bilan tavsiflanadi.

Sovuqdan allergiya belgilari izgʻirin harorat taʼsiridan 3-5 daqiqa oʻtgach paydo boʻladi va alomatlar 1-2 soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin.

Kasallikning oʻtkir va surunkali shaklida qoʻl, yuz, yonoq va oyoqlarlarda kuchli qichishish yuzaga kelib, soʻngra terida qizil dogʻ va pufakchalar hosil boʻladi.

Baʼzan titroq, umumiy holsizlik, yurak urishi tezlashishi va boʻgʻimlarda ogʻriq kuzatiladi. Nafas qisishi, taxikardiya, qon bosimi pasayishi, koʻngil aynishi, qusish, qorin ogʻrigʻi bezovta qilishi mumkin.

Oʻtkir respirator virusli kasallikka chalingan, allergiyaga nasliy moyilligi bor, oshqozon-ichak yoʻllari va jigar xastaliklaridan aziyat chekayotgan bemorlarda sovuq harorat taʼsiriga koʻproq sezgirlik kuzatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер