Anomal sovuq kunlari jazoni ijro etish muassasalaridagi sharoitlar oʻrganildi

01:48 19 Yanvar 2023 Jamiyat
602 0

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili Rustam Kamalov tomonidan viloyatdagi 47-son Manzil-koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar yotoqxonasidagi issiqlik holati oʻrganildi.

Oʻrganish jarayonida maʼlum boʻlishicha, manzil-koloniyadagi gaz bosimining pastligi bois qozonxonalar yetarli issiqlikni xonalarga bera olmayapti. 1-qavatdagi yashash xonalarining issiqlik harorati qoniqarli, lekin, 2-qavatdagi xonalardagi harorat bir muncha past. Mahkumlar qishki issiq kiyimlarda yurishga majbur boʻlishmoqda. Shuning uchun Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili 2-qavatdagi mahkumlarni ham issiqroq yashash xonalariga joylashtirish boʻyicha tavsiya berdi.

Mahkumlar bilan suhbatlashilganda Ombudsman mintaqaviy vakiliga boshqa masalalar yuzasidan ariza va shikoyatlar kelib tushmadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер