Angrenda markazlashtirilgan kommunal suv taʼminoti tizimiga noqonuniy ulangan MCHJ aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar boʻlimi tomonidan “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ shahar filiali xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Ch.S.” MCHJ masʼul shaxslari markazlashtirilgan kommunal suv taʼminoti tizimiga suvni hisobga olish uskunalarini oʻrnatmasdan oʻzboshimchalik bilan ulanib, foydalanib kelganligi natijasida “Toshkent suv taʼminoti” MCHJ manfaatlariga jami 831,6 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring