Angor tumanida “Onalar bogʻi” tashkil etildi

13:16 02 Mart 2022 Jamiyat
1212 0

Foto: Халқ сўзи

Shu yilning 2-fevral kuni davlatimiz rahbari raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasidagi dolzarb vazifalar muhokama etilib, 1-martdan eʼtiboran yurtimiz boʻylab “Yashil yillik” umummilliy tadbiri boshlanishi eʼlon qilingan edi. Unga koʻra joriy bahor mavsumida 125 mln dona daraxt koʻchatlarini ekish moʻljallanmoqda.

Surxondaryo viloyatida ham ayni maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar qizgʻin boshlab yuborildi. Jumladan, Angor tumanidagi “Zartepa” mahallasi hududidagi 3 gektar foydalanishdan chiqqan yer maydonida “Onalar bogʻi” tashkil etildi.

Yangi bogʻda koʻchat ekish ishlarida viloyat va tumandan faol xotin-qizlar, mahalliy hokimlik mutasaddilari, nuroniylar va yoshlar, koʻngilli aholi vakillari qatnashdi. Ular ajratilgan maydonga birinchi kunning oʻzida 1200 tup oʻrik koʻchatini qadadilar.

Bogʻda ekilgan har bir koʻchatni parvarish qilish, oʻz vaqtida sugʻorish boʻyicha masʼular tayinlanib, zarur tavsiyalar berildi.

I. Rahmatov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер