Angliyada parranda grippi sabab 10 mingdan ortiq kurka yoʻq qilinadi
Angliyada parranda grippi sabab 10 mingdan ortiq kurka yoʻq qilinadi.
Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Angliya shimolidagi fermada parranda grippi oʻchogʻi aniqlangan. H5N8 virusi tarqalishining oldini olish uchun zararlangan qushlarni yoʻq qilish boʻyicha qaror qabul qilingan.
Qayd etilishicha, parranda grippi Shimoliy Yorkshirda joylashgan Nortxallerton yaqinidagi xususiy kurka fermasida aniqlangan.
Oʻz navbatida, Birlashgan Qirollikning bosh veterinariya shifokori Kristin Middlmissning taʼkidlashicha, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga hech qanday tahdid yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring