Andijonning “Eng namunali mahalla raisi” aniqlandi

14:42 13 Mart 2024 Jamiyat
393 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Saminjon Husanov/“Xalq soʻzi”. “Eng namunali mahalla raisi” koʻrik-tanlovining Andijon viloyati bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda tuman va shaharlar miqyosidagi tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar faoliyatiga doir shartlar boʻyicha oʻz bilim va koʻnikmalarini namoyish etishdi. Yakunda Xonobod shahridagi “Yangi hayot” MFY raisi Azizaxon Abduqahhorova tanlov gʻolibi deb eʼlon qilindi.

— Mahallamiz, nafaqat, Xonobod shahrida, balki viloyatda ham eng namunali manzillardan biri, — deydi Azizaxon Abduqahhorova. — Bunga mahalladoshlarimizning turmush sharoitlarini yaxshilash orqali erishdik. Misol uchun, oʻtgan 2023-yilda 112 nafar aholini ishga joylashtirishga erishgan boʻlsak, 181 nafar mahalladoshlarimizning oʻzini-oʻzi band qilishiga amaliy yordam berdik. Koʻrsatilgan koʻmak tufayli 12 nafar fuqarolar tadbirkorlik faoliyatiga asos soldilar. Aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 23 ta loyihaga 366 mln soʻm kredit va 8 nafar fuqaroga 80 mln soʻm subsidiya ajratildi. 12 ta mikroloyiha ishga tushirilib, 40 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Qolaversa, 16 nafar xotin-qizlarga 107 mln. soʻm imtiyozli kredit ajratilishi orqali ularning uydan chiqmagan holda daromad manbaiga ega boʻlishlari uchun sharoit yaratildi.

Tanlovda Marhamat tumanidagi “Dukchi Eshon” MFY raisi Abdumuxtor Davlatov ikkinchi, Izboskan tumani “Urganji” MFY raisi Nafosat Mahkamova uchinchi oʻrinni egalladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер