Andijonga “Kitoblar karvoni” yetib keldi
Bilim olishning, tafakkurni boyitishning eng muhim usuli kitob oʻqishdir. Har qanday vosita katta ahamiyat qozonishi mumkin, biroq kitob oʻrnini egallay olmaydi. Shu bois respublikamizda xalq taʼlimi yoʻnalishida bolalarni kitobga jalb etish, buning uchun yetarli sharoit yaratishga boʻlgan eʼtibor har doimgidan ortib bormoqda. Xususan, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Andijon viloyatidagi umumtaʼlim muassasalari uchun “Kitoblar karvoni” yetib keldi.
— Bu kitoblarning aksariyati badiiy adabiyot ekanligi biz uchun muhim,-deydi Andijon shahridagi 24-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Shaxriyor Abdulazizov. —Tan olish kerak, aksariyat badiiy adabiyotlarning narxi qimmat. Elektron mutolaa esa kitobchalik taʼsir kuchiga ega emas. Shu bois vazirlik tomonidan yaratilgan bunday imkoniyat biz yoshlar ongini shakllantirishda juda muhimdir.
“Kitoblar karvoni” loyihasi asosida yetib kelgan 15 turdagi 10 ming 20 dona badiiy adabiyotlar Andijon viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan tuman va shaharlardagi mavjud maktablarga yetkazildi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring