Andijondagi “zapravka”da 1 metr kub siqilgan gazni 3600 soʻmdan sotilayotgani sababli faoliyati toʻxtatildi

12:29 01 Oktyabr 2023 Jamiyat
189 0

Joriy yilning 20-oktyabr kuni Andijon viloyati, Jalaquduq tumanidagi “Mezon avto oyl” MChJga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish komprissor shaxobchasida 1 metr kub siqilgan gazni 3600 soʻmdan sotilayotgani isteʻmolchilar tomonidan eʻtirozlarga sabab boʻldi.

Ushbu holatga aniqlik kiritish maqsadida “Oʻzenergoinspeksiya” Andijon hududiy boshqarmasi tomonidan oʻrganish oʻtkazildi. Unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-sentyabrdagi 475-sonli qarori talablari yuzasidan ogohlantiish berilishiga qaramasdan, mazkur shaxobcha 1 metr kub siqilgan gazni 3600 soʻmdan sotilayotgani aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirildi hamda mazkur shaxobcha gaz tarmogʻidan ajratilib, uning faoliyati vaqtincha toʻxtatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер