Andijonda tadbirkorlik loyihalariga 8 trillion so‘m kredit beriladi

14:45 16 Fevral 2024 Siyosat
293 0

Viloyatda ishsizlik 9,1 foizdan 7 foizga tushdi. Aholining tadbirkorlikdan olayotgan daromadi 1,5 baravarga oshgan.

Davlatimiz rahbari bu ko‘rsatkichlar hali yetarli emasligini, yana 400 ming aholini kambag‘allikdan olib chiqish zarurligini ta’kidladi.

Yangi reyting bo‘yicha Andijondagi bor-yo‘g‘i 461 nafar tadbirkor yuqori baholangani, aholini tadbirkorlikka jalb qilish sustligi ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga 335 ming aholini ishli qilish, tadbirkorlik loyihalariga 8 trillion so‘m kredit berish, aholini kichik biznesga keng jalb qilish orqali Xo‘jaobod, Shahrixon, Buloqboshi tumanlarida kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish namunasini yaratish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер