Andijonda qalbaki PZR-testi tayyorlab sotgan 10-sinf oʻquvchilari ushlandi

21:43 27 Aprel 2021 Iqtisodiyot
1679 0

Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida qalbaki tahlil natijalari tayyorlaganlar ushlandi.

Xoʻjaoboddagi oʻrta maktabning 10-sinf oʻquvchilari 2004-y.t. M.U. hamda 2004-y.t. N.M. “Doʻstlik” chegara nazorat posti yaqinida tezkor tadbirga xolis xaridor sifatida jalb etilgan 2 nafar fuqaroga 110.000 soʻmga PSR (covid-19 tahlil maʼlumotnomasi) qilib beramiz», deb tadbir ishtirokchilaridan fuqarolik pasportini olib, 20 daqiqadan soʻng 2 dona “Kovid-19” tahlil maʼlumotnomasini olib kelib berib, 110.000 soʻm pullarni olgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ushlangan. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi xabar berdi.

Tadbir davomida M.U.ning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganida 45 dona Andijon viloyati SEOM gʻazna kirim orderi (Forma №KO) blankasi, 30 dona Koronavirus (COVID-19) infeksiyasiga tekshirilgan test natijasi haqida maʼlumotnoma blankasi hamda 1 dona «ASER” noutbuk va 1 dona «YERSON” rangli printerlar borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер