Andijonda qaynota kuyovining 68 ta jarimasini toʻlab berdi

16:02 20 Iyun 2024 Jamiyat
350 0

Andijon shahrida qaynota kuyovining jami 28 mln soʻmlik 68 ta jarimasini toʻlab berdi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, Andijon shahrida yashovchi М.А. turmush oʻrtogʻining egaligida boʻlganLacettiavtomashinasini boshqarib, yoʻllarda harakatlanish tezligini muntazam ravishda meʼyoridan oshirib kelgan. Natijada, 68 marotaba maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan.

Unga koʻra, viloyat IIB YHXB organlari tomonidan Majburiy ijro byurosi Andijon shahar boʻlimiga kelib tushgan jarima solish toʻgʻrisidagi 68 ta qarorlarga muvofiq М.У.дан jami 28 mln soʻm undirilishi belgilangan.

Boʻlim davlat ijrochisi avtomashina egasini jarima pullarini toʻlashi yuzasidan ogohlantirgan. Shuningdek, qarzdorlik toʻlanmagani sababliLacettirusumli avtomashina jarima maydoniga olib kirib qoʻyilgan.

Shu sababli, kuyovi М.А. boshqaruvida sodir etilgan 68 ta jarima uchun qaynota 28 mln soʻm miqdoridagi maʼmuriy jarimalarni toʻlab berishini bildirib, qizining egaligidagi avtomashinani jarima maydonidan olib chiqqan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер