Andijonda yoʻlning qatnov qismi oʻpirilib tushdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida avtomobil yoʻlining qatnov qismi oʻpirilib tushib, katta oʻra hosil boʻlgani tasvirlangan video tarqaldi. “Andijon suv taʼminoti” mazkur hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, bugun, 30-mart kuni Andijon shahridagi Farobiy nomli MFYda markaziy oqova suv tarmogʻida nosozlik yuzaga kelganligi haqida murojaat eʼlon qilingan.
Shunga koʻra, hozirda “Andijon suv taʼminoti” AJ tomonidan holatni oʻrganish va oqova suv tarmogʻi bilan bogʻliq muammoni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring