Andijonda goʻrkovni tuproq bosib qoldi
Andijon viloyatining Xonobod shahrida qabr qaziyotgan goʻrkovni tuproq bosib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 15-may kuni soat 9:11 da viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Xonobod shahar Markaziy qabristonida fuqaroni qabr qazish vaqtida tuproq bosib qolgani toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan.
Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borishgan. Maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlari amalga oshirilgan.
Tezkor harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam koʻrsatilgan va shifoxonaga yuborilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida ekani taʼkidlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring