Andijonda fuqarolarni xorijga ishga joʻnatmoqchi boʻlgan MCHJ rahbari ushlandi
Foto: Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departament va IIVning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan “L.H.» MCHJ rahbari A.T. fuqaro R.dan uni Polsha davlatiga yuk tashish avtomashina haydovchiligi vazifasiga ishlash uchun tanishlari orqali ishga joʻnatishni 3 500 AQSH dollariga kelishib, shundan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida, MCHJ rahbari A.T. muqaddam fuqaro M.X. va boshqalarni xorijiy davlatlarga ishga joʻnatishga ishontirib, ularning jami 4 200 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-modda (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Oldinroq, DXX fuqarodan 45 ming AQSH dollari undirmoqchi boʻlgan firibgarni qoʻlga olgan edi. Shuningdek, fuqaroga 50 gektar yer olib berishni vaʼda qilgan ikki muhandis ushlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring