Andijonda fuqaro uyining mehmonxonasida oʻzini osib qoʻydi
Andijon viloyatida mahalliy fuqaro oʻz uyining mehmonxonasida oʻzini osib qoʻydi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, voqea Oʻrikzor mahallasida sodir boʻlgan. Vakolatli organlar tomonidan IIB profilaktika inspektori, mahalla raisi va boshqa shaxslarning xatti-harakatlari yuzasidan rasmiy tekshiruv va baho belgilandi.
Mazkur holat yuzasidan prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 1-qismi (Oʻz joniga qasd qilishga moyillik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jinoyat ishini tergov qilish viloyat prokuraturasi nazoratiga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring