Andijonda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxsni ozodlikka chiqarib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

17:25 06 Yanvar 2024 Jamiyat
452 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda muqaddam tovlamachilik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan Ш.А. fuqaro Ф.Снинг ishonchiga kirib, goʻyoki oʻzini muqaddam ichki ishlar organlarida ishlaganligini aytib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan oʻgʻli А.С.га nisbatan jinoyat ishini sudda koʻrish jarayonida tanishlari yordamida ozodlikka chiqarib berishi evaziga 200 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, yana 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер