Andijonda aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan tadbir oʻtkazildi

17:19 06 Noyabr 2023 Jamiyat
216 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentyabrdagi “Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra, Ombudsmanning ustuvor vazifalaridan biri sifatida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun mohiyati bilan aholini tanishtirish, shu orqali aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga koʻmaklashish belgilangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻz faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili soʻnggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini koʻrsatmoqda. Shuning uchun 2022-yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasidagi navbatdagi tadbir kuni kecha Anidjon viloyatining Shaxrixon tumanida oʻtkazildi. Unda tumandagi “Abdusamad”, “Yakka tut”, “Oʻzbekiston”, “Navroʻz”, “Yangiobod”, “Teraktagi” “Nomozgoh” MFYlarida yashovchi 250 nafarga yaqin fuqarolar qamrab olindi.

Fuqarolar bilan erkin muloqot shaklida oʻtgan tadbirda ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olishdi. Tadbirda bolalar nafaqasini olish tartibi, uy-joy va moddiy yordam olish hamda boshqa ijtimoiy masalalar koʻtarildi.

“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida Ombudsmanning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvohidovaning fuqarolar murojaatlarini qabul qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер