Andijon viloyatida elektr tarmoqlari xodimi bloger ayolni kaltakladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Ulugʻnor tumanida bloger Fotima Joʻrayeva kaltaklangani haqida maʼlumot paydo boʻldi. Bosh prokuratura voqeaga izoh berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 22-noyabr kuni bloger Ulugʻnor tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, u tuman elektr tarmogʻi bosh hisobchisidan Joʻrayeva ishlayotgan fermer xoʻjaligining qarzi borligi haqida hujjatlar talab qilgan.
Suhbat chogʻida bosh hisobchi uni haqorat qilgan, keyin ayolning yuziga urib, uyali telefonini sindirib tashlagan. Oʻz murojaatida bloger aybdor xodimlarga nisbatan chora koʻrishni soʻragan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Joʻrayevaning jarohati ogʻirligini aniqlash uchun sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring