Andijon va Toshkentda 220 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi
Foto: Prokuratura departamenti
Andijon va Toshkent shahrida 220 mln soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentning Yakkasaroy tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A-A.” NTM masʼul shaxslari muassasaning 3 ta isitish qozonini umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 116 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Andijon shahar boʻlimi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “S.O.” MChJ rahbari S.X. va boshqalar umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 103,6 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring