“Andijon — Toshkent” yoʻnalishidagi poyezdlar harakat jadvalidan 1 soatga kechikib kelishi maʼlum qilindi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xabariga koʻra, bugun “Andijon — Toshkent” yoʻnalishida harakatlanayotgan 091 hamda 059-sonli yoʻlovchi poyezdlar texnik sabablarga koʻra harakat jadvalidan 1 soatga kechikib Toshkentga kirib keladi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rahbariyati keltirilgan noqulaylik uchun yoʻlovchilardan uzr soʻragan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring