Andijon shahrida “gashish” giyohvandlik moddasini 2000 AQSH dollariga sotayotgan shaxs ushlandi
Joriy yilning 24-iyul kuni soat 14:00 larda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv departamenti jinoyat qidiruv xizmati hamda Andijon viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati jinoyat qidiruv boshqarmasi giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarni jalb qilgan holda tezkor-tadbir oʻtkazildi.
Andijon shahri hududida oʻtkazilgan tezkor-tadbir davomida 1991-yilda tugʻilgan H.R xolis xaridorga ogʻirligi 185,09 gramm boʻlgan “gashish” giyohvandlik moddasini 2000 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, giyohvandlik vositasi daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring