“Andijon” aeroportida yangi aerodrom majmuasi qurilishi boshlandi
Andijon xalqaro aeroportida yangi aerodrom majmuasi qurilishining birinchi bosqichi boshlandi.
Rekonstruksiya doirasida yangi aerodrom majmuasi, jumladan, uzunligi 3400 metr va eni 60 metr boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagi, yurish yoʻlaklari, samolyotlar uchun yettita toʻxtash joyiga ega perron qurilishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, aerodrom majmuasida barcha turdagi havo kemalarini tungi vaqtda va ogʻir ob-havo sharoitida qabul qilish/joʻnatish imkonini beruvchi ICAO ikkinchi (CAT-II) toifali zamonaviy yoritish moslamalari oʻrnatiladi.
Aeroportning mavjud uchish-qoʻnish yoʻlagi uzunligi 2985 metr va eni 44 metr boʻlib, yoʻl qoplamasining yuk koʻtarish qobiliyati pastligi, shuningdek, zamonaviy yoritish tizimining yoʻqligi sababli koʻplab turdagi samolyotlarni qabul qilishda va tunda faoliyat olib borishda cheklovlar mavjud edi.
Loyiha 2023-2024-yillar davomida amalga oshiriladi.
Loyihaning amalga oshirilishi mintaqada turizmni rivojlantirish va sarmoyaviy muhitni yaxshilashga xizmat qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring