Ananas importi 31,4 tonnaga oshgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida Oʻzbekistonga 685,1 tonna ananas import qilingan.
Ananas importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 31,4 tonnaga oshgan.
2022-yilning 11 oyida Oʻzbekiston eng koʻp ananas import qilgan davlatlar:
➖ Kosta-Rika – 258,7 tonna
➖ Qozogʻiston – 155,6 tonna
➖ Xitoy – 126,5 tonna
➖ Ekvador – 84 tonna
➖ Turkiya – 28 tonna
➖ Niderlandiya – 21 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring